Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Yuridik texnikumlarni tamomlagan 51 nafar bitiruvchilar suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘ldi!


Yuridik texnikumlarni tamomlagan 51 nafar bitiruvchilar suhbat asosida Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi bo‘ldi!

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-son "O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining yo‘llanmaga ega bo‘lgan bitiruvchilariga, Toshkent davlat yuridik universiteti bakalavriatiga yakka tartibdagi suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga kirish huquqi belgilangan.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda 9 nafar o‘quvchilar TDYU talabasi bo'lgan. Joriy yilda mazkur ko‘rsatkich 6 baravarga oshdi.