Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Adliya aralashgach, sportchilarning xizmat safari xarajatlari to'lab beriladigan bo'ldi


Fuqaro M. Baymuratov Sirdaryo viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘ining 2021-yil 2-martdagi 20-sonli buyrug‘iga asosan 2021-yilning 15-18 mart kunlari Toshkent viloyatiga o‘quv yig‘in mashg‘ulotida ishtirok etish uchun 13 nafar sportchi bilan sport hamda ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlari bo‘yicha xizmat safariga yuborilgan.

Biroq, M. Baymuratov va sportchilarga 11 760 000 so‘m miqdoridagi xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmagan.

Holatdan norozi bo‘lgan M. Baymuratov xizmat safari xarajatlarini qoplab berishda amaliy yordam so‘rab adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, Sportni rivojlantirish boshqarmasi (muqaddam Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi) tomonidan mablag‘ yo‘qligi vaji bilan Baymuratov va 13 nafar sportchiga xizmat safari xarajatlari to‘lanmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 171-moddasida xizmat safarida va ko‘chib yurish bilan bog‘liq ishlarda yo‘l kira, doimiy turar joyidan boshqa joyda yashash, shu jumladan uy-joy ijarasi bilan bog‘liq, xodim tomonidan ish beruvchining ruxsati yoki roziligi bilan qilingan boshqa xarajatlar to‘lanishi lozimligi belgilangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 121-son bilan tasdiqlangan “Sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini o‘tkazish hamda ular ishtirokchilarining moddiy ta’minoti normalarini belgilash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandida sport va ommaviy-jismoniy tarbiya tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni, sport terma jamoalarini tayyorlash va ularning sport musobaqalarida qatnashishini, ularning moddiy va mulkiy ta’minotini, shuningdek jismoniy tarbiya va sportning ilmiy-metodik jihatdan ta’minlashni, jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarining malakasini oshirishni moliyalashtirish vakolatli organlar hamda sport tashkilotlari tomonidan byudjet mablag‘lari hisobiga amalga oshirilishi belgilangan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, adliya boshqarmasi tomonidan Sportni rivojlantirish boshqarmasiga qonun hujatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida taqdimnoma kiritildi.

Natijada, Fuqaro M. Baymuratov va 13 nafar sportchilarga jami 11 760 000 (o‘n bir million yetti yuz oltmish ming ) so‘m miqdoridagi xizmat safari xarajatlari undirib berildi.



Timur Karimov,

Adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i