Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

Ishchi guruh Sirdaryoda: Adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi


Respublika ishchi guruhi tarkibida Bosh prokuror oʻrinbosari-Harbiy prokuror Shuxrat Uzakov va Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Azizbek Ikramov tomonidan Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, tuman va shahar sektorlar faoliyati, davlat dasturlarining ijrosini taʼminlash, shuningdek viloyatda savdo-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy, taʼlim, sogʻliqni saqlash yoʻnalishlarida olib borilayotgan ishlar natijadorligi oʻrganilmoqda. 
Davlatimiz rahbarining “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini taʼminlash hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan adliya tizimi ixchamlashtirildi. Farmonga asosan tumandagi davlat xizmatlari markazlari, FHDYO organlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari tuman adliya boʻlimlari bilan birlashtirilib yagona Adliya boʻlimlariga aylantirildi va ular bitta binoda faoliyat yuritadi.
Ishchi guruh Boyovut tumanida yangi bunyod etilgan Adliya boʻlimi binosiga tashrif buyurdi hamda adliya, FHDY, DXM va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati va bo'limda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar bilan tanishishdi. 

Shundan soʻng adliya organlari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, xususan, targʻibot tadbirlari, davlat xizmatlari va huquqiy xizmatlar koʻrsatilishi yuzasidan Adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarovning axboroti tinglandi.

Adliya organlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib, tegishli taklif va tavsiyalar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi