Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Fuqaro oylik ish haqi to‘lab berilmaganidan norozi


Aholi murojaatlari bilan ishlashda uning huquq va manfaatlarini ta’minlash maqsadi ustuvor bo‘lsa, inson qadri ulug‘lanadi. Murojaati qonuniy yechim topsa, uning davlat idoralariga ishonchi yanada ortadi. Yangiyerlik Asatilla Primqulov ham yuragida katta umid bilan adliyaga murojaat qilib keldi. Fuqaro Sirdaryo viloyati “Agrokimyohimoya” AJ ta’sischiligida ochilgan Yangiyer “Agroxizmatlari” MCHJ da 2022-yil yanvar oyidan joriy yilning 1-aprel kuniga qadar qorovul vazifasida ishlagan davrlari uchun oylik ish haqi to‘lab berilmaganidan norozi.  

Mazkur murojaat adliya bo‘limi tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. O‘rganish davomida Yangiyer “Agroxizmatlari” MCHJ rahbari tomonidan tasdiqlangan ma’lumotga asosan haqiqatdan ham qorovul vazifasida ishlab kelgan Asatilla Primqulovga jami 2.285.000 so‘m oylik ish haqlari to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, xodimga bajarilgan ish uchun haqini belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashga majburligi ko‘rsatilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 19-martdagi 88-sonli qarorida mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlari xodimlarga ish haqini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun shaxsan javobgarligi belgilangan.

Biroq, Sirdaryo viloyati “Agrokimyohimoya” AJ ta’sischiligida ochilgan Yangiyer “Agroxizmatlari” MCHJ tomonidan yuqoridagi qonunchilik hujjatlari talablariga zid tarzda, o‘ziga yuklatilgan majburiyatlarini qo‘pol ravishda buzgan holda fuqaro Asatilla Primqulovga 2.285.000 so‘m miqdoridagi ustama ish haqini o‘z vaqtida to‘lab berilmagan. 

Yuqoridagilarga asosan, Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan fuqaro Asatilla Primqulov manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Guliston tumanlararo sudiga ariza kiritildi.

Natijada, sud buyrug‘i bilan Yangiyer “Agroxizmatlari” MCHJ hisobidan Asatilla Primqulovga foydasiga jami 2.285.000 so‘m miqdoridagi ish haqi undirilishi belgilandi.


Laziz Xudoyqulov,

Yangiyer shahar adliya bo'limi boshlig'i