Янгиликлар
“Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” loyihasi doirasida "Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida tadbir tashkil etildi
Mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.
“Sirdaryo hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatida tashkil qilingan tadbir xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratildi.
“Huquqiy bilimlarni oshirish kuni” loyihasi doirasida tashkil qilingan mazkur tadbirda adliya boshqarmasi mas’ul xodimi X. Sulaymanbekova tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Farmoni bilan budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga har oy uchun minimal iste’mol xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan homiladorlik va tug‘ish nafaqasi to‘lanishi, 2022/2023-yildan boshlab oliy ta’lim muassasalari, texnikum va kollejlarda, shu jumladan sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qiyotgan xotin-qizlarning ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz ta’lim kreditlarini moliyalashtirilishi belgilanganligi ta’kidlandi.
Bundan tashqari, odam savdosi tushunchasi, odam savdosi jinoyati uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbir baxs-munozaraga boy bo‘lib. ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi