Янгиликлар
Mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi
Guliston tuman adliya bo‘limi, tuman IIB, tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi bilan hamkorlikda “Furqat” mahallalasida faol xotin-qizlar, "Oqila ayollar harakati" a'zolari ishtirokida “Xotin-qizlar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda ta’kidlandiki,mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ular uchun munosib mehnat va turmush sharoitini yaratib berish, qobiliyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish eng dolzarb vazifalardan hisoblanadi. Muloqot mobaynida bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati ishtirokchilar e’tiboriga yetkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mahallalarda ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga yordam berish tizimini yangi bosqichga ko‘tarish hamda xotin-qizlarni kasbga o‘rgatish ishlarini yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori mazmun-mohiyatiga xususida atroflicha so'z bordi.
Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 iyuldan mahallalarda kompleks yondashuv asosida ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish tizimi bosqichma-bosqich joriy qilinadi. Bunda mahallalardagi xotin-qizlar faollariga bir qator qo‘shimcha vazifalar yuklandi. Muloqotda mahallalarda ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish ishlarini kompleks tashkil etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga «oilabay» yondashuv tizimini joriy etish, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning soni va sifatini oshirish, xotin-qizlarni kasbga o‘qitish tizimini yanada jadallashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi belgilangan vazifalar alohida tushuntirildi.Shuningdek, tadbirda konstitusiyaviy islohotlar, refendum qonunchiligi mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berilib, ushbu jarayonda har bir fuqaroning shaxsan o‘zi ishtirok etishi, bu orqali o‘z siyosiy irodasini namoyon qilishi muhim ekanligi ta’kidlandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi