Янгиликлар
21
#Adliya_hudud
#Adliya_hudud
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi ishchi organining 2022-yil II-chorak yakuni bo‘yicha yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ishchi organ tomonidan II-chorak davomida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisoboti tinglandi.
Xususan, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan harbiy qism va muassasalarida o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik, axloqiy-ruhiy va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Shuningdek, milliy armiyamiz va aholi o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash dolzarb vazifa ekanligi ta’kidlandi.
Tadbir nihoyasida ishchi organ a’zolari o‘rtasida hamkorlikni yanada jonlantirish, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari o‘rtasida keng ko‘lamli ma’naviy-ma’rifiy, huquqiy targ‘ibot tadbirlarini tashkil qilish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi