Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolarining huquqiy savodxonligi oshirildi


Mamlakatimiz mudofaa qudratini yuksaltirish borasida so‘nggi yillarda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, harbiy xizmatchilarning bilim va mahoratini yuksaltirish, shaxsiy tarkibning harbiy-jismoniy tayyorgarligini mukammallashtirish, ularning oilalarini ijtimoiy muhofaza qilish masalalariga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari huquqiy savodxonligini oshirish doimiy e’tiborda.
Shirin shahar adliya bo‘limi tomonidan 49479-sonli harbiy qismda tashkil etilgan tadbir harbiy xizmatchilar bilan yaqindan muloqot qilish, qonunchilikdagi yangiliklardan xabardorligini oshirish maqsadlariga qaratildi.

Tadbirda dastlab professional armiyani shakllantirish yo‘lida amalga oshirilgan islohotlar mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi. Shuningdek, qonunchilikda harbiylar va ularning oila a’zolariga belgilangan imtiyozlar tushuntirildi hamda mavzuga doir targ'ibot materiallari tarqatildi.

Bundan tashqari, muloqotda shaxs chet davlatning harbiy xizmatiga, xavfsizlik organlariga, huquqni muhofaza qiluvchi organlariga, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga xizmatga kirganligi O‘zbekiston fuqaroligini yo‘qotishga asos bo‘lishi, jinoyat kodeksining 154-1- moddasiga asosan O‘zbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o‘xshash boshqa organlariga xizmatga yollanishi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkinligi tushuntirildi.

Ma’lumki, mamlakatimizda ayni kunlarda Konstitusiyaviy qonun loyihasi keng muhokama qilinmoqda. Muloqot davomida konstitusiyaviy islohotlar, referendum qonunchiligi mazmun-mohiyati to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi. 

Ta’kidlanganidek, 2022-yilning iyun oyida «O‘zbekiston Respublikasi konstitusiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ishlab chiqilib, jamoatchilik muhokamasiga taqdim etildi. Mazkur qonun loyihasida, amaldagi konstitusiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritish taklif qilingan.

Tadbirda ushbu takliflar muhokama qilinib, fikr almashildi.

Shuningdek, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari bilan muloqot qilinib, davlat xizmatlaridan foydalanish bo'yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi