Янгиликлар
Sirdaryo tumanida tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi
Tadbir avvalida sohaga oid qonunchilikdagi yangiliklar tadbirkorlar e’tiboriga yetkazildi.
Shundan so‘ng, tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari o‘rganildi.
Jarayonda 10 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi. “PLASTIK START” MCHJ rahbarining investisiya majburiyatlarini bajarish va ko‘rsatilgan ish o‘rinlarini to‘liq yaratishda belgilangan muddatni uzaytirishda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati adliya bo‘limi tomonidan o‘rganish uchun ish yurituvga qabul qilindi.
Sayyor qabulda har bir tadbirkorning murojaati tinglanib, zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi