Янгиликлар
15
#Adliya_xabari #Yangi_xizmat #Infografika
Rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatish ishga tushdi
Adliya vazirligi tomonidan Hukumat qaroriga (https://lex.uz/ru/docs/-5757463) (732-son, 03.12.2021-y.) asosan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron apostil qoʼyish tizimini yo‘lga qo‘yildi.
Hozirda sifatli davlat xizmatini ko‘rsatish maqsadida rasmiy hujjatni imzolash vakolatiga ega mansabdor shaxslarning imzolari va tashkilot muhr izi namunalarini raqamlashtirish bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda.
Birinchi bosqichda taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmatidan foydalanishingiz mumkin.
Murojaat etuvchi davlat xizmati olish uchun DXMga oʻzi kelib yoki YAIDXPda roʻyxatdan oʻtgan holda elektron tarzda murojaat etadi.
Taʼlim va fan sohasiga tegishli rasmiy hujjatlar boʻyicha soʻrovnoma toʻldirilib, uni koʻrib chiqish uchun BHMning 20 foizi miqdorida yigʻim undiriladi:
YAIDXP orqali murojaat etilganda, yigʻim summasining 90 foizi undiriladi.
Soʻrovnoma rasmiy hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab 2 ish kuni ichida (zarur hollarda, 10 ish kuni ichida) koʻrib chiqiladi.
Rasmiy hujjatga elektron apostil qoʻyish bilan bogʻliq barcha jarayonlar “E-App” va “E-register” dasturlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Shuningdek, quyidagi hollarda apostil qoʻyish rad etiladi:
rasmiy hujjatda zarur rekvizitlarning hech boʻlmaganda biri mavjud boʻlmasa yoki mansabdor shaxslarning imzolari hamda muhr, shtamplarning haqiqiy emasligi aniqlansa;
rasmiy hujjatni imzolagan mansabdor shaxs uni imzolash vakolatiga ega boʻlmasa.