Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

#Mening_konstitutsiyam


Inson kamolotida bilim egallash eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi. Sababi, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, mamlakatning ertangi kuni bevosita ta’lim va tarbiyaga bog‘liq.

Inson, jamiyat, davlat o‘rtasidagi yangi munosabatlar shakllanar ekan, vujudga kelgan yangi huquqlarni konstitutsiya darajasida mustahkamlashga zarurat paydo bo‘ladi.

Shundan kelib chiqib “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining 41-moddasida fuqarolarning ta’lim olish huquqini yanada mustahkamash nazarda tutilgan.

Amaldagi Konstitutsiyamizning 41-moddasiga ko‘ra “Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir”.

Konstitutsiyaviy qonun loyihasida mazkur moddani quyidagi normalar bilan to‘ldirish taklif etilmoqda:

Har kim ta’lim olish huquqiga ega.

Davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Davlat har bir bolaning umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirishi uchun majburiy bir yillik tayyorgarlikdan o‘tishga bo‘lgan huquqini kafolatlaydi.

Bepul umumiy o‘rta ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanadi. Umumiy o‘rta ta’lim majburiydir.

Maktab ishlari, maktabgacha ta’lim va tarbiya davlat nazoratida bo‘ladi.

Ta’lim bo‘yicha alohida ehtiyojlarga va individual imkoniyatlarga ega bo‘lgan bolalar uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim va tarbiya tashkil etiladi.

Davlat iste’dodli yoshlarning moddiy ahvolidan qat’i nazar, ta’limni davom ettirishini kafolatlaydi.

Davlatga qarashli, xususiy va boshqa shakldagi ta’lim muassasalari hamda tashkilotlarini rivojlantirish uchun davlat teng shart-sharoitlar yaratadi.

Pedagog xodimlarning maqomini har jihatdan mustahkamlash jamiyat va davlatning maqsadi hamda mas’uliyatli vazifasidir.

Pedagog xodimlarning kasbiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek ularning xizmat majburiyatlarini bajarishiga monelik qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, Konstitutsiyaga quyidagi mazmundagi 411-modda qo‘shilmoqda:

Har kim davlat ta’lim tashkilotlarida tanlov asosida bepul oliy ma’lumot olishga haqli.Oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari qonunda belgilangan doirada o‘zini o‘zi boshqarish, akademik erkinlik, shuningdek tadqiqotlar o‘tkazish va o‘qitish erkinligi huquqiga ega.

Davlat ilm-fanni rivojlantirishga, jahon ilmiy hamjamiyati bilan ilmiy aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashadi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, inson va fuqarolarga taalluqli bo‘lgan huquqlar sirasi kengayib borishi natijasida konstitutsiyada fuqarolarning huquqlarini kafolatlab borish davr talabidir. 

Xilola Sulaymanbekova,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi