Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy: Konstitutsiyaga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning zaruriyati va ularning umumiy mazmuni


Davlat va huquq tarixidan ma’lumki, vaqt o‘tishi bilan kishilik jamiyati rivojlanishda davom etar ekan unda yangi ijtimoiy munosabatlar vujudga keladi va shunga munosib ravishda ushbu ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy normalar yangilanib, o‘zgarib, bekor bo‘lib boraveradi.

Amaldagi konstitusiya qabul qilingan vaqt 90-yillardagi kishilik jamiyati va undagi ijtimoiy munosabatlar bilan bugungi taraqqiy etgan, texnika, internet asri bo‘lgan, globallashuv shiddat bilan rivojlanayotgan kunimiz o‘rtasida tabiiyki farq katta bo‘ladi.

Bugungi kunda aholiga 200 ga yaqin elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilmoqda. Fuqarolar davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun xattoki o‘z xonalaridan chiqishi ham talab qilinmasdan kerakli elektron platformaga kirgan holda so‘rovlarini amalga oshirish imkoniyatiga egalar.

Shuningdek, kishilar o‘z murojaatlarini davlat organlari va tashkilotlarga elektron shaklda yuborishlari ham mumkin.

O‘tgan pandimeya bilan bog‘liq holat bilan bog‘liq yangi munosabatlar shakllandiki, endilikda fuqarolar zarurat tug‘ilganida masofadan turib ta’lim olishlari, xaridlarni amalga oshirishlari, xattoki masofadan turib ishlashlari, ishni tashkil qilishlari mumkin bo‘ldi.

90-yillarning boshida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida 33 ta modda bo‘yicha o‘lim jazosi mavjud bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda o‘lim jazosi qonunchiligimizdan chiqarib tashlangan. Shuningdek, jinoyat qonunchiligida o‘sha davr uchun yangilik bo‘lgan umrbod qamoq jazosi kabi bir qator jazo choralari ham joriy qilingan. 

Bu kabi 90-yillar uchun tasavvur qilib bo‘lmaydigan darajadagi yangi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solinishi konstitusiyaviy normalarda aks ettirish ham tarixiy zaruriyat bo‘lib qoldi.

Shunga ko‘ra, amaldagi konstitusiyaning 64 ta moddasiga 200 dan ortiq o‘zgartishlar kiritish hamda 6 ta yangi modda bilan 16 ta yangi norma kiritish yuzasidan qonunchilik loyihasi ishlab chiqildi.

Qonun loyihasini tayyorlashda milliy qonunchilik, qadriyatlar va huquqni qo‘llash amaliyoti,o‘zbek davlatchiligining tarixiy tajribasi, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta’minlash sohasidagi asosiy xalqaro standartlari, ilg‘or xorijiy tajribaga ega bo‘lgan 100 dan ortiq mamlakatlarning konstitusiyalari o‘rganildi, (ulardan 20 tasi so‘nggi 5 yilda qabul qilingan) tajribalar inobatga olindi.

Konstitusiyaviy tuzatishlar, birinchi navbatda, jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlariga mansub bo‘lgan fuqarolarning muayyan shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy va ekologik huquqlari hamda manfaatlarini kafolatli tarzda ta’minlashga, himoya qilishga qaratilgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlaydigan normalarga aylanadi.

Fuqarolarning mehnat, ijtimoiy va ekologik huquqlarini, shu jumladan aholining ehtiyojmand qatlamlari huquqlarini konstitusiyaviy jihatdan kafolatlashni kuchaytirishga alohida e’tibor berilmoqda.

Shuningdek, oila institutini mustahkamlashga, Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishi, sog‘lom va qulay atrof-muhitga

bo‘lgan huquqlarini ta’minlashning konstitusiyaviy mexanizmlari kuchaytirishga, ta’limni, ilm-fanni, millatni va xususan, yoshlarni ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvatlashning aniq konstitusiyaviy mexanizmlari nazarda tutib, milliy qadriyatlar va an’analarni saqlash hamda ko‘paytirishga, jamiyatning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini, xalq birligini mustahkamlashga bag‘ishlangan bir qator o‘zgartirishlar kiritilishi nazarda tutilgan.


Akbar Ahrorov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshlig'i