Янгиликлар
08
IYUN OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida 2022-yilning iyun oyida Sirdaryo tuman yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Niyatov Aybek Chuliyevich “Oyning eng yaxshi xodimi” deb topildi.
Niyatov Aybek Chuliyevich 1989-yilda Toshkent Davlat Universtitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Faoliyatini 1989-yilda Sirdaryo tuman IIB katta surishtiruvchisi lavozimidan boshlagan.
Niyatov Aybek 1999-2021-yillarda davomida turli mas‘ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2021-yildan hozirgi vaqtga qadar Sirdaryo tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoasi Niyatov Aybekni ushbu e’tirof bilan qutlab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.