Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Sirdaryoda “30 kun – hamkorlikda odam savdosiga qarshi kurishish” oyligi doirasida tadbirlar davom etmoqda


Bugungi kunda asr muammosiga aylangan odam savdosiga qarshi kurash xalqaro, mintaqaviy, ko‘p va ikki tomonlama munosabatlarni talab etmoqda. Odam savdosining har qanday ko‘rinishiga qarshi kurashish xalqaro va mintaqaviy darajada jiddiy yondashuv, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar va nodavlat–notijorat tashkilotlarning o‘zaro hamkorligiga asoslansagina bu illatga qarshi kurashish samara beradi.
“30-iyul – Odam savdosiga qarshi kurashish butunjahon kuni” munosabati bilan Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyonida “Siz odamsiz, tovar emassiz ” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Adliya boshqarmasi tomonidan Respublika “Istiqbolli Avlod”ijtimoiy-axborot markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi hamda viloyat tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbirda odam savdosi, voyaga yetmagan shaxs savdosi tushunchalari, odam savdosiga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar va tashkilotlar xususida atroflicha ma’lumotlar berildi.

Tadbirda ayrim kishilarning soddaligi va ishonuvchanligi sababli moddiy muammolarni tezda hal etish ilinji, yengil ish topish, tez boy bo‘lish orzusi, yetarli huquqiy bilimga ega emasligi, loqaydlik va nopok kimsalarning g‘ayriqonuniy harakatlari, mazkur jonoyatning ildiz otishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.


Ayniqsa, mavzuga doir videroliklarning namoyish etilishi barcha tinglovchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tadbirning ta’sirchanligini oshirishga xizmat qildi.

Tadbir qizg‘in baxs-munozaraga aylanib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi