Янгиликлар
Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini olishda muhim omil
Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, “mahallabay” tamoyili asosida aholi bilan yuzma-yuz muloqot qilish ushbu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini yanada oshirishi, shubhasiz.
Mirzaobod tumanidagi Tinchlik mahallasida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ'ibot guruhi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda hududda jinoyatchilikni oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Ta’kidlanganidek, jinoyatchilikka qarshi birgalikda kurashish lozim. Avvalo, oilada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, farzand tarbiyasiga mas’ullik har bir fuqaroning burchi, vazifasi bo‘lmog‘i shart.
Tadbir davomida huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, odam savdosi, korrupsiya va boshqa jinoyatlarga qarshi kurashishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tadbir ishtirokchilariga tovlamachilik, firibgarlik, bosqinchilikka va odam savdosiga qarshi kurashish mavzularida hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasiga oid buklet va flayerlar tarqatildi.
Tadbir davomida Mirzaobod tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan Tinchlik mahallasi fuqarolariga ularning so‘rovidan kelib chiqib, 6 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi