Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mahallabay targ'ibot tadbirlari davom etmoqda


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi tomonidan Mirzaobod tumanidagi jinoyatchilik sodir etilishi bo‘yicha “qizil hudud”ga kiritilgan M.Ulug‘bek mahallasida tadbir tashkil etildi. 
Mahalla ahli bilan uchrashuv mobaynida O‘zbekiston Respublikasining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunlari, Vazirlar Mahkamasining “2022-2023 yillarda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-son qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov, Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i T. Karimov va M.Ulug‘bek mahallasi profilaktika inspektori Sh.Xoliqulovlar ma’ruza bilan ishtirok etishdi.

Shuningdek, tadbir davomida Mirzaobod tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi tomonidan “M.Ulug‘bek” mahallasi fuqarolariga ularning so‘rovidan kelib chiqib, 7 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi