Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Huquqiy targ'ibot – huquqbuzarlik profilaktikasi samaradorligining asosiy omilidir


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huquqiy targ‘ibot guruhi, Guliston tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi tomonidan jinoyatchilik ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil hudud toifasiga kiritilgan Guliston tumanidagi Ishonch hamda Zarbdor mahallalari binosida profilaktika inspektorlari bilan birgalikda jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Unda viloyat adliya boshqarmasi inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i T.Karimov, Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Axrorov hamda Guliston tuman adliya bo‘limi boshlig‘i Sh.Iskanovlar so‘zga chiqib, firibgarlik, tovlamachilik, o‘g‘irlik, korrupsiya kabi jinoyatlarning salbiy va huquqiy oqibatlari to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Shuningdek, muloqot mobaynida odam savdosidan ogoh bo‘lish, qonuniy migratsiya asoslari batafsil tushuntirildi.
Tadbir davomida Guliston tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 2 nafar fuqarolarning so‘roviga ko‘ra vaqtinchalik faoliyati to‘xtatilgan tadbirkorlik faoliyati tiklab berildi, 1 nafar fuqaroning kadastr pasportiga hujjatlarini rasmiylashtirish uchun ariza kiritildi, 5 nafar fuqarolarga olinadigan pensiya miqdori yuzasidan ma’lumotnoma berildi va shu kabi jami 15 nafar fuqarolarga turli ko‘rinishdagi davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Shuningdek, targ‘ibot guruhi tomonidan qizil hududga kiritilgan Ishonch hamda Zarbdor mahallalari aholisiga xonadonbay yurib, targ‘ibot-tushuntirish ishlari amalga oshirildi hamda mavzuga doir targ‘ibot materillari – buklet va flayerlar tarqatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi