Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

Adliya_aralashgach


Sirdaryo tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman xalq ta’limi bo'limiga qarashli 37-umumta’lim maktabining boshlang'ich sinf o'qituvchisi N.Buranovaning ish haqini undirishda amaliy yordam berishni so'rab qilgan murojaati o'rganildi.

Aniqlanishicha, Sirdaryo tuman xalq ta’limi bo'limiga qarashli 37-umumta’lim maktabi direktorining 2021-yil 15-mart kungi ogohlantirish xati bilan fuqaro N.Buranovaga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 106-moddasi 1-qismi 6-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilinishi ma’lum qilingan.

Maktab direktorining 2021-yil 7-may kunidagi yana bir ogohlantirish xati bilan N.Buranovaga O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi 2-qismi 7-bandiga asosan mehnat shartnomasi 2021-yil 1-avgust kunidan bekor qilinishi ma’lum qilingan. Biroq, ogohlantirish xati muddati tugaganligiga qaramay, fuqaro N.Buranova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinmagan va buyruq rasmiylashtirilmagan hamda 2021/2022-o'quv yillari uchun dars soatlari ajratilmagan.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 107-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi va buyruq bilan rasmiylashtirilishi belgilangan. 

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 159-moddasi 1-qismida xodimning aybisiz yaroqsiz mahsulot tayyorlanganda va bekor turib qolingan vaqtda xodimning o‘rtacha ish haqi saqlanishi belgilangan.

Yuqoridagilarga asosan Sirdaryo tuman adliya bo’limi tomonidan fuqaro N.Bo'ronova manfaatida Fuqarolik ishlari bo’yicha Sirdaryo tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada, sudning hal qiluv qarori bilan tuman xalq ta’limi bo'limiga qarashli 37-umumta’lim maktabi hisobidan fuqaro N.Buranovaning foydasiga 8 912 237 so‘m ish haqi undirilishi belgilandi.


Kamoliddin Ernazarov

Sirdaryo tuman adliya bo'limi boshlig'i