Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

Yuridik xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlar faoliyati huquqiy jihatdan ta’minlanadi


Sirdaryo tuman hokimligi majlislar zalida Adliya boshqarmasi, “Unikon SOFT” MChJ hamda adliya bo‘limi tomonidan tumandagi Davlat soliq inspeksiyasi, Aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab quvvatlash bo‘limi, Oila va xotin-qizlar bo‘limi, Sportni rivojlantirish bo‘limi, Qishloq xo‘jalik bo‘limi, umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalar mas’ul xodimlari seminar-trening o‘tkazildi. 
Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati xususida atroflicha so'z bordi.Tadbir mobaynida “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanish, uning imkoniyatlari, hujjatlarni tizimga kiritish tartibi tushuntirildi.

Ayniqsa, elektron tizimida ishlash bo‘yicha o'tkazilgan amaliy mashg'ulot ishtirokchilar uchun juda foydali bo'lidi. Aytish mumkinki, ushbu amaliy ko'nikma elektron tizimdan foydalanuvchi tashkilotlar tomonidan shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborishda muhim o'rin tutadi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi