Янгиликлар
"E-huquqshunos" tizimining imkoniyatlari va afzalliklari
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan “E-huquqshunos" tizimining imkoniyatlari va afzalliklari” mavzusida konferensiya tashkil etildi.
Yuridik xizmat bilan ta’minlanadigan tashkilotlar xodimlari uchun tashkil etilgan mazkur konferensiyada O‘bekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari xususida so‘z bordi.
Xususan, "Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga ham yuridik xizmat ko‘rsatilishi ta’kidlandi.
Konferensiyada “E-huquqshunos” elektron tizimiga ulanish, uning imkoniyatlari, hujjatlarni tizimga kiritish tartibi tushuntirildi.
Jumladan, Markazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘lmasligi hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi ko‘rgazmatli materiallar yordamida tushuntirildi.
Yakunda konferensiya ishtirokchilari tomonidan “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan asoslantirilgan fikr- mulohazalar tinglandi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi