Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Aholining ijtimoiy muhofazasi kuchaytiriladi


Aholining ijtimoiy muhofazasi kuchaytiriladi. Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan tashkil etilgan konferensiya ana shu mavzuda bo‘lib o‘tdi.

Unda tuman adliya bo‘limi, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi, tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi, byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tuman bo‘limi mas’ullari ma’ruza bilan ishtirok etdilar.

Tadbirda dastlab “Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj toifalarini moddiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so‘z bordi. Adliya bo‘limi boshlig‘i Ixtiyor Qayumov aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ko‘makka muhtoj fuqarolarga va yolg‘iz keksalarga pul yordami ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish va samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan islohotlar to‘g‘risida atroflicha to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, pensiya va ijtimoiy nafaqa oluvchilar uchun yaratilgan imtiyozlar, “Ayollar daftari”, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari”da ro‘yxatda turgan aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’ruzachilar taqdimotlar asosida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Konferensiyada aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir ishlarni jonlantirish, aholi muammolarini manzilli o‘rganish orqali ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha hamkorlikni yanada kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga javoblar berildi. 


Xovos tuman adliya bo'limi