Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“E-huquqshunos” elektron tizimining imkoniyatlari keng


Yangiyer shahar hokimligi binosida Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi, «UNICON-SOFT» MChJ, adliya bo‘limi tomonidan Yangiyer shahar va Xovos tumanidagi yuridik xizmat bilan ta’minlanadigan tashkilotlar xodimlari uchun seminar tashkil etildi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko’rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hamda “Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, mazkur normativ-huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan vazifalar ijrosini tashkil etish masalalari muhokamalar markazida bo‘ldi.

Seminar davomida mas’ul ijrochilar ko‘nikmasini shakllantirish  maqsadida “E-huquqshunos” elektron tizimining imkoniyatlari, undan foydalanish va hujjatlar almashinuvi amaliy tarzda tushuntirildi.  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi