Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

“E-huquqshunos” elektron tizimi markazlar va tashkilotlar o‘rtasidagi tizimli muloqot manbaidir


Davlat tashkilotlari tomonidan qabul qilinayotgan hujjatlarning qonuniy hamda har tomonlama puxta va sifatli bo‘lishini ta’minlash yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri sanaladi. “E-huquqshunos” elektron tizimi bu borada markazlar va tashkilotlar o‘rtasidagi tizimli muloqot manbaidir.

Shu kunlarda adliya vazirligi va “UNICON-SOFT” MChJ mas’ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan viloyatimizning tuman va shahrlarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.

Guliston shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi tadbir yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatiga uslubiy yordam ko’rsatish va yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko’rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorida nazarda tutilgan davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatiga “E-huquqshunos” elektron tizimini joriy etilishi va undan foydalanish tartibi haqida tushuntirishlar berish maqsadiga qaratildi.

Ta’kidlanganidek, «E-huquqshunos» elektron tizimiga ulanishi rejalashtirilgan qo‘shimcha tashkilotlarda ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida «UNICON-SOFT» MCHJni tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlanadi. «E-huquqshunos» elektron tizimida ish yuritish bo‘yicha texnik va huquqiy savollarga javob berish maqsadida «Call-markaz» tashkil etiladi.

Tadbirda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan chora-tadbirlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi. 


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi