Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

«E-huquqshunos» elektron tizimi - qulay va shaffof


Mamlakatimizning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi davlat organlarida huquqni bir xil qo‘llash amaliyotini shakllantirish, aholiga va bevosita ijrochilarga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini yetkazishda muhim omil bo‘lmoqda. 

Ayniqsa, tashkilotlar bilan o‘zaro hujjat almashinuvi «E-huquqshunos» elektron tizim orqali amalga oshirilayotgani masofadan ishlash orqali ortiqcha vaqt va qog‘ozbozlikning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etayotir.

Davlatimiz rahbarining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yil 1 avgustdan boshlab bosqichma-bosqich Markazlar tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan davlat organlari va tashkilotlari tuman (shahar) bo‘linmalari, davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalarga ham yuridik xizmat ko‘rsatiladi.
Adliya vazirligi mas'ullaridan iborat ishchi guruh tomonidan Boyovut tuman hokimligida tashkil etilgan tadbirda mazkur qaror mazmun-mohiyati va ahamiyati xususida so'z bordi. Unda Boyovut tuman hamda Shirin shahridagi yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilanayotgan tashkilotlarning mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbirda dastlab «E-huquqshunos» elektron tizimiga ulanishi rejalashtirilgan qo‘shimcha tashkilotlarda ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida «UNICON-SOFT» MCHJni tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlash masalalari keng muhokama qilindi.

So'ng “E-huquqshunos” elektron tizimidan foydalanish tartibi batafsil tushuntirilib, tizimga ichki buyruq, shartnomalar va boshqa yuridik tusdagi hujjatlarning namunalarini kiritish hamda mavjud hujjatlar loyihalari namunalaridan erkin foydalanish, shaxsiy kabinetga kirish, har qanday hujjat loyihasi va unga tahliliy materiallarni tayyorlash, qayta ishlash va xulosa olish uchun Markazlarga yuborish kabi bir qator imkoniyatlar yuzasidan keng ma’lumotlar berildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi