Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Yangi konstitutsiyada tibbiy yordamning kafolatlari


Mamlakatimizda fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va tibbiy yordamning kafolatlari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.

Shunga ko‘ra, aholining sog‘lig‘ini saqlash va malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida bir qator qonunchilik hujjatlari ishlab chiqilib bu borda tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda.

Yangi Konstitutsiyaga taqdim qilinayotgan loyihada ham aholiga tibbiy yordamning kafolatlari mustahkamlanganligini ko‘rishimiz mumkin bo‘ladi.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasining 40-moddasida har kim sog‘lig‘ining muhofaza qilinishi va malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega ekanligi bayon etilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tibbiy yordamning qonunda belgilangan hamda tez va shoshilinch tibbiy yordamni ham o‘z ichiga oladigan kafolatlangan hajmini bepul olishga haqli ekanligi, davlat sog‘liqni saqlashning davlat, xususiy va boshqa tizimlarini rivojlantirish, sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, tibbiy sug‘urtaning turli shakllarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishi, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va himoya qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi alohida e’tirof etilgan.

Bu kabi ijtimoiy himoya choralarini belgilanishi rivojlangan yangi davrda konstitutsiyaviy qonunda ham aks etishini ta’minlashi bilan birga aholiga tibbiy yordamning kafolatlarini yanada mustahkamlanishiga sabab bo‘ladi.


Akbar Axrorov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i