Янгиликлар
O‘simliklar karantini va himoyasi yo'nalishidagi qonunchilik takomillashtirildi
O‘simliklar dunyosi hamda qishloq xo‘jaligi ekinlarini turli kasallik va zararkunanda hashoratlardan himoya qilish borasida yurtimizda e’tiborga molik ishlar amalga oshirib kelinyapti. Shu bilan birga amaldagi qonunchilik hujjatlariga qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Bu o‘z navbatida mamlakatimizda o‘simliklar karantini va himoyasi boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishda shuningdek, fitosanitar va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.
“O‘simliklar karantini va himoyasi to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ham ana shu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Sirdaryo viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasida viloyat Adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda ham mazkur qonuning mazmun-mohiyati haqida keng tushunchalar berildi.
Aytish mumkinki, Qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risdagi Kodeksga, “O‘simliklar dunyosini muhofaza qilish va undan foydlanish” to‘g‘risidagi, “ Ekologik nazorat to‘g‘risida”gi, “ Urug‘chilik to‘g‘risida”gi, “ Lizensiyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib- tamoyillari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlariga bir qator o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Tadbirda mazkur o‘zgartish va qo‘shimchalar haqida ishtirokchilarga keng tushunchalar berildi.
Muloqot yakunida mavzu yuzasidan berilgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi