Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Yuridik xizmat ko'rsatish markazlari faoliyatining qamrovi oshmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2022-yil 1-avgustdan boshlab bosqichma-bosqich yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tomonidan respublikaning barcha tuman va shaharlarida yuridik xizmat bilan ta’minlanmagan bir qator davlat organlari va tashkilotlariga, xususan, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, qishloq xo‘jaligi, turizm va madaniy meros, sportni rivojlantirish, oila va xotin-qizlar bo‘limlari, davlat soliq inspeksiyasi, aholi bandligiga ko‘maklashish markazlariga yuridik xizmat ko‘rsatiladi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ko‘p tarmoqli markaziy va oilaviy poliklinikalari ham qamrab olinishi nazarda tutilgan. Bu borada, «E-huquqshunos» elektron tizimi orqali hujjatlar almashinib, huquqiy ekspertizadan o‘tkaziladi. “E-huquqshunos” elektron tizimi markazlar va tashkilotlar o‘rtasidagi tizimli muloqot manbaidir.

  Ayni kunlarda ushbu tashkilotlarni “E-huquqshunos” tizimiga ulash choralari ko‘rilmoqda.

 Sirdaryo viloyat Adliya boshqarmasi, “UNICON-SOFT” MChJ va tuman Adliya bo’limi ma’sul xodimlari ishtirokida Sayxunobod tumanida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati, “E-huquqshunos” elektron tizimining afzalliklari va undan foydalanish tartibi batafsil tushuntirildi.

 Ta’kidlanganidek, «E-huquqshunos» elektron tizimiga ulanishi rejalashtirilgan qo‘shimcha tashkilotlarda ma’lumotlarni saqlash va ulardan xavfsiz foydalanish hamda tizimning yuqori tezlikda ishlashini ta’minlash maqsadida «UNICON-SOFT» MCHJni tegishli server qurilmalari va zarur texnik vositalar bilan ta’minlanadi.

 «E-huquqshunos» elektron tizimida ish yuritish bo‘yicha texnik va huquqiy savollarga javob berish maqsadida «Call-markaz» tashkil etiladi.

Tadbirda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatining qamrovini oshirish bo‘yicha «Yo‘l xaritasi»da belgilangan chora-tadbirlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir nihoyasida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi. 


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi