Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

Huquqiy targ'ibot: Firibgarlik va tovlamachilik jinoyatlaridan ogoh bo'ling!


Huquqbuzarliklar profilaktikasi jinoyatchilikning oldini olish, unga qarshi kurashishda samarali mexanizm. Ayniqsa, “mahallabay” tamoyili asosida joylarda aholi bilan olib borilayotgan yuzma-yuz muloqotlar bu boradagi harakatlar samaradorligini ta'minlashi, shubhasiz.

Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan Ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda Nurafshon mahallasida tashkil etilgan tadbirda aholi firibgarlik va tovlamachilik jinoyatlaridan ogohlikka chaqirildi.

Ta’kidlanganidek, ushbu jinoyatlarlarning predmeti o'zganing mulki yoki mulkka bo'lgan huquqidir. Bugungi taraqqiyot asrida ushbu jinoyatlarning yangi turlari aniqlanayotgani, afsuski, achinarli hol.

Plastik kartadagi pulni aldov yo'li builan yechib olish, o'qishga kiritib qo'yish, chet elga yuborish kabi yolg'on va'dalar bilan sodir etilayotgan bu kabi jinoyatlarning qurboni aynan o'z huquqini bilmagan fuqarolar bo'lib qolmoqda.

Tadbir davomida firibgar va tovlamachilar tuzog'iga tushmaslik omillari, huquqbuzarliklarga qarshi kurashish, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan islohotlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi