Янгиликлар
02
#TAYINLOV
Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Umurzoqova Dilnaz Axmatovna Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha maslahatchisi – Axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi.
Umurzoqova Dilnaz Axmatovna – 1979 yilda Sirdaryo viloyati Yangiyer shahrida tug‘ilgan, millati tojik, ma’lumoti oliy, 2000 yilda Guliston davlat universitetini tamomlagan.
D.Umurzoqova mehnat faoliyatini 1999-2003 yillarda Sirdaryo viloyati teleradiokompaniyasi suxandoni, televideniye muharriri vazifasidan boshlagan.
2003-2017 yillarda kasb-hunar kolleji o‘qituvchisi, 2017-2018 yillarda Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri, O‘zbekiston “Adolat” SDP Sirdaryo viloyat Kengashi raisining mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, 2018-yildan Adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetakchi maslahatchisi lavozimlarida ishlagan.
Dilnaz Umurzoqova tayinlovga qadar Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.