Янгиликлар
Сирдарёда давлат герби қабул қилиган кун кенг нишонланди
O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyatida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Dastlab, erta tongdan Guliston shahrining markaziy ko‘chalari bo‘ylab “Vatanparvar” tashkiloti viloyat kengashi, Yo‘l harakati xavfsizligi hamda Milliy gvardiya boshqarmalari tomonidan “Vatanparvar avtokarvoni” harakatlandi.
Shundan so‘ng “Yoshlar markazida” Davlat gerbining ahamiyati, uni ulug‘lashga qaratilgan madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni viloyat hokimining o‘rinbosari O.O‘ralov kirish so‘zi bilan ochdi.
Ta’kidlanganidek, respublikamiz davlat ramzlari xalqimizning shon - sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etadi, Davlatimiz gerbi boshqa ramzlar qatori tinch va osoyishta, ozod va erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchni ham ifodalaydi.
Tadbirda ramziy belgining ahamiyati, Davlat gerbidan foydalanish tartibi to‘g‘risida keng ma’lumotlar berildi.
Sirdaryo viloya adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi