Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

#Gerbimiz_faxrimiz


Shirin shahar adliya bo‘lim tomonidan Favqulodda vaziyatlar bo‘limida Davlat gerbi qadul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.

Tadbirda Shirin shahar adliya bo‘limi boshlig‘i I. Hakimov “O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun maziun-mohiyati, davlat ramzlarining mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni, davlat ramzlariga hurmatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun javobgarlik masalalariga to‘xtalib o‘tdi.

Ta’kidlandiki, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — uch baravaridan yetti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, Jinoyat kodeksining 173-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbiga hurmatsizlik qilish, bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud uch yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.

Muloqot mobaynida Davlat gerbi tasviridan faqat qonunda belgilangan tartibda foydalanish mumkinligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi