Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

"Tadbirkorlik kodeksi" loyihasi muhokamalar markazida


Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan "Tadbirkorlik kodeksi" loyihasi ayni kunlarda jamoatchilik muhokamasida. Vazirlik tomonidan mazkur Kodeks loyihasi mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirish yuzasidan har bir viloyat adliya boshqarmalarida tadbirkorlik sub’yektlari ishtirokida davra suhbatlari o‘tkazilmoqda.
«ZOOM» platformasi orqali tashkil etilgan navbatdagi tadbirda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, tijorat banklari, soliq idoralari mas’ul xodimlari, tadbirkorlar, jurnalist va blogerlar hamda tadbirkorlar huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Ta’kidlanganidek, tadbirkorlik faoliyati mamlakatimiz taraqqiyotida hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu bois mazkur sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlar duch kelayotgan to‘siqlarni olib tashlash g‘oyat muhimdir.

Davra suhbatida Adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov Kodeks loyihasini ishlab chiqish zaruriyati, loyihani tayyorlashda foydalanilgan xorijiy davlatlar tajribasi, loyihada belgilangan asosiy yangiliklarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini batafsil tushuntirdi.
Qayd etilganidek, kodeks loyihasi bilan yaxlit 9 ta amaldagi qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlar tartibga solinadi. Tadbirkorlik sub’yektlarining tashkiliy-huquqiy shakllari bazasi ixchamlashtirilib, tadbirkorlar ichida ommabop bo‘lmagan “xo‘jalik shirkati” tashkiliy-huquqiy shakli bekor qilinmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar shug‘ullanishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlarini belgilagan holda ularga qonunchilikda taqiqlanmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish huquqi berilmoqda. Tadbirda kodeks loyihasida nazarda tutilgan shu va boshqa normalar xususida atroflicha to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir davomida Adliya boshqarmasi mas’ullari, tadbirkorlar, jurnalist va blogerlar Kodeks loyihasiga o‘z takliflarini bildirdilar.

Muloqot so‘ngida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi hamda berilgan takliflar va fikr-mulohazalar muhokama qilindi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi