Янгиликлар
Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlashni adliya organlari bilan kelishishda nomzodga beriladigan savollar ro‘yxati
O‘zbekiston Respublikasi
adliya vazirining
2022-yil 10-iyundagi
125-um-son buyrug‘iga
10-ILOVA
Yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlashni adliya organlari bilan kelishishda nomzodga beriladigan savollar ro‘yxati
I. Kasb faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan qonunchilik sohasi bo‘yicha
1. Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini sanab bering.
2. Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-yanvardagi
PQ–2733-son qaroriga asosan yuridik xizmat xodimlariga qanday imtiyozlar yaratilgan?
4. Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasining asosiy yo‘nalishlari.
5. Yuridik xizmat xodimini stajirovkadan o‘tkazish tartibi.
6. Yuridik xizmat xodimining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqishdagi ishtiroki.
7. 2022 – 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining asosiy mazmunini aytib bering.
8. Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining turlari va shakllari.
9. Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi va turlari.
10. Normativ-huquqiy hujjatlarning o‘zaro nisbati.
11. Normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish tartibi.
12. Normativ-huquqiy hujjatlarni rasmiy e’lon qilish tartibi.
13. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi qanday davlat organlari mavjud?
14. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi deganda nima tushuniladi?
15. Vazirlik, idoralar tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarga huquqiy vorislik deganda nimani tushunasiz?
16. Qonun hujjatlarini tarqatish tizimini tushuntirib bering.
17. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish tartibini aytib bering.
18. Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash tartibi.
19. Gender-huquqiy ekspertiz deganda nimani tushunasiz.
20. Tuman (shahar) darajasidagi davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat koʻrsatish uchun tashkil etilgan Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari haqida nimalarni bilasiz?
21. O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portali regulation.gov.uz dagi muhokamalarda ishtirok etish tartibini bayon eting.
22. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan qarorlarni qayta ko‘rib chiqish.
23. Ijtimoiy sheriklik nima? Uning davlat xususiy sherikchiligi bilan o‘zaro farqi.
24. Parlament nazorati deganda nimani tushunasiz?
25. Elektron hukumatning asosiy vazifalari.
26. Huquqiy ekspertiza nima?
27. Mediasiya tushunchasiga ta’rif bering.
28. Normativ-huquqiy hujjatning loyihasini uni qabul qiladigan organga kiritish tartibi.
29. Huquqiy madaniyat va huquqiy negilizm tushunchasiga ta’rif bering.
30. Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish deganda nimani tushunasiz?
II. Konstitusiyaviy huquq sohasi bo‘yicha
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining asosiy prinsiplari nimalardan iborat?
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolarning qanday siyosiy huquqlari belgilangan?
3. O‘zbekiston Respublikasining tashqi siyosati qanday qoida va normalarga asoslangan?
4. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida fuqarolarning qanday shaxsiy huquq va erkinliklari belgilangan?
5. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida qanday iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar belgilangan?
6. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida belgilangan inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari qanday?
7. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq fuqarolarning burchlari nimalardan iborat?
8. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq jamiyatning iqtisodiy negizlari nimalardan iborat?
9. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy tuzilishi qanday?
10. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisini shakllantirish tartibi.
11. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutloq vakolatlariga nimalar kiradi?
12. Qonunlarni qabul qilish hamda kuchga kirish tartibi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga saylanish uchun fuqarolarga qanday talablar qo‘yilgan?
14. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy maqomi va hukumat a’zolarini shakllantirish tartibi.
15. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq Bosh vazirga ishonchsizlik votumini bildirish asosi va tartibi qanday?
16. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining asosiy vazifalari sifatida nimalar ko‘rsatilgan?
17. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq hokimlarning vakolat muddati hamda tayinlanish tartibi.
18. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar qanday tartibda kiritiladi?
19. Kimlar qonunchilik tashabbusi huquqiga ega?
20. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qanday hujjatlar qabul qilinadi?
21. O‘zbekiston Respublikasida saylov tizimini aytib bering.
22. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq moliya-kredit hamda bank tizimi.
23. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq sudyalarga qo‘yiladigan talablar.
24. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq davlat hokimiyatining bo‘linish prinsipi haqida gapirib bering.
25. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq sud tizimi haqida gapirib bering.
26. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudining vazifalari.
27. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi qanday ishlarni amalga oshiradi?
28. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari qanday vazifalarni amalga oshiradi?
29. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq Markaziy saylov komissiyasini shakllantirish tartibi.
30. O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga muvofiq qanday jamoat birlashmalarini tuzish taqiqlanadi?
III. Fuqarolik va mehnat qonunchiligi asoslari bo‘yicha
Fuqarolik qonunchiligi
1. Fuqarolik qonun hujjatlarini vaqt bo‘yicha amal qilishi.
2. Yuridik shaxs tushunchasi va turlari. Uning huquq layoqati.
3. Ashyoviy huquq nima? Unga nimalar kiradi?
4. Mulk huquqining vujudga kelish va bekor bo‘lish asoslari?
5. Bitim tushunchasi, turlari hamda shakllarini aytib bering.
6. Bitim va shartnomalarning farqli jihatlarini aytib bering.
7. Da’vo muddati tushunchasi.
8. Emansipasiya tushunchasi.
9. Majburiyat tushunchasi va majburiyatning taraflari.
10. Da’vo muddatini joriy qilishga qo‘yiladigan talablarni sanab o‘ting.
11. Garov tushunchasi va uning vujudga kelish asoslari.
12. Subsidiar javobgarlik deganda nima tushuniladi?
13. Nasionalizasiya nima? Uning rekvizisiyadan farqi nimada?
14. Mualliflik huquqi ob’yekti va uning turlari.
15. Fuqarolarning huquq hamda muomala layoqati.
Mehnat qonunchiligi
16. Xodimning asosiy mehnat huquqlariga nimalar kiradi?
17. Mehnat shartnomasi tushunchasi.
18. Mehnat shartnomasi qanday shaklda va qanday muddatga tuziladi?
19. Jamoa shartnomasi tuzish tartibi.
20. Ishga qabul qilishda dastlabki sinov muddati tushunchasi va dastlabki sinov muddati kimlarga tatbiq etilmaydi?
21. Qaysi sabablar (asoslar) mavjud bo‘lganda mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish asosli hisoblanadi?
22. Mehnat shartlari deganda nima tushuniladi, qaysi hollarda ish beruvchi mehnat shartlarini xodimning roziligisiz o‘zgartirishga haqli?
23. Mehnat shartnomasini bekor qilish yuzasidan ogohlantirish berish tartibi.
24. Qaysi hollarda mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilinganida kasaba uyushmalarining roziligi olinmaydi?
25. Mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi.
26. Mehnat qonunchiligi bo‘yicha ayollarga berilgan imtiyozlar.
27. Intizomiy jazo choralarining turlari va intizomiy jazoning amal qilish muddati.
28. Intizomiy jazolarni qo‘llanish tartibi qanday?
29. Mehnat qonunchiligi bo‘yicha yillik asosiy ta’til berish tartibi.
30. Mehnatni muhofaza qilish talablari deganda nimani tushunasiz?
IV. Shartnomaviy-huquqiy faoliyat sohasi bo‘yicha
1. Shartnomaviy munosabatlarning asosiy prinsiplari.
2. Xo‘jalik shartnomasi tushunchasi.
3. Qachon shartnoma tuzilgan hisoblanadi?
4. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish asoslari, tartibi va uning oqibatlari.
5. Xo‘jalik shartnomasiga qo‘yilgan asosiy talablar.
6. Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun mansabdor shaxslarga nisbatan qanday javobgarlik choralari ko‘riladi?
7. Ommaviy shartnoma nima?
8. Oferta va aksept nima?
9. Ommaviy oferta nima ?
10. Shartnomaning shakli.
11. Mahsulot yetkazib berish shartnomasi va uning amal qilish muddati.
12. Talabnoma bildirish tartibi.
13. Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik.
14. Xo‘jalik shartnomasini huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi.
15. Davlat xaridlari boʻyicha xarid qilish tartib-taomillarini turlarini sanab bering
16. Talabnoma bildirishni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari.
17. Ko‘chmas mulkni sotish shartnomasi va uning shakli.
18. Korxonani sotish shartnomasi tushunchasi.
19. Mulk ijarasi shartnomasi va uning ob’yektlari tushunchasi.
20. Bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi tushunchasi.
21. Korxonani ijaraga berish shartnomasi tushunchasi.
22. Lizing shartnomasi, uning ob’yekti va sub’yektlari.
23. Qurilish pudrati shartnomasi nima?
24. Davlat xaridlari doirasida elektron doʻkon orqali qanday tovarlarni xarid qilishga yoʻl qoʻyiladi.
25. To‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha davlat xaridlarini amalga oshirish deganda nimani tushunasiz?
26. Olti-sotdi shartnomasining sub’yektlari kimlar?
27. Hadya shartnomasiga ta’rif bering.
28. Ayirboshlash shartnomasi nima?
29. Davlat xaridlari jarayoni qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi.
30. Davlat boshqaruv organlarining shartnomaviy-huquqiy munosabatlar sohasidagi vakolatlari.
V. Sud ishlarini yuritish asoslari bo‘yicha
1. O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asosiy vazifalari.
2. Sudlarga tegishlilik va taalluqlilik tushunchalarini yoritib bering.
3. Ma’muriy sudlovga taalluqli ishlar.
4. Fuqarolik sudlovga taalluqli ishlar.
5. Himoya huquqini ta’minlash asoslari. (Aybsizlik prezumpsiyasi tushunchasi).
6. Fuqarolik prosessual muomala layoqati tushunchasi.
7. Fuqarolik ishlarini ko‘rishda da’voning bahosi nimalarga asosan belgilanadi?
8. Qanday holatlar bo‘yicha shaxs fuqaroviy da’vogar deb e’tirof etiladi?
9. Fuqaroviy da’vogarning hamda fuqaroviy javobgarning huquq va majburiyatlari nimalardan iborat?
10. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi.
11. Qaysi hollarda fuqarolik sudi ish yuritishni to‘xtatib turishi shart?
12. Fuqarolik prosessida arizani ko‘rmasdan qoldirish asoslari.
13. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ish yuritishni tugatish asoslari va tartibi.
14. Qaysi hollarda fuqarolik ishlari bo‘yicha sud arizani qabul qilishni rad etadi?
15. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudning hal qiluv qarori mazmuni.
16. Qanday ishlar iqtisodiy sudlarga taalluqli?
17. Iqtisodiy sud tomonidan hal etiladigan nizolar.
18. Iqtisodiy sudga beriladigan da’vo arizasining shakli va mazmuni.
19. Iqtisodiy sud da’vo arizasini qabul qilishni qaysi hollarda rad etadi?
20. Iqtisodiy sud apellyasiya instansiyasining vakolatlari hamda uning qarorlarini qonuniy kuchga kirishi.
21. Iqtisodiy sudga kassasiya shikoyatini (protestini) berish tartibi va uning mazmuni.
22. Sudyalar nomzodiga qo‘yiladigan talablar.
23. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi.
24. Sudyalar daxlsizligi qanday ta’minlanadi.
25. Hakamlik sudlari qanday ishlarni ko‘radi?
26. Kimlar hakamlik sudi sudyasi bo‘lishi mumkin?
27. Sudning hal qiluv qarorini qabul qilish jarayonlari haqida gapirib bering.
28. Sud tomonidan ko‘rib chiqiladigan, yuridik ahamiyatga ega bo‘lgan faktlarni aniqlash to‘g‘risidagi ishlar deganda nimalarni tushunasiz?
29. Chet el fuqarolari va tashkilotlarining qanday fuqarolik prosessual huquqlari mavjud?
30. “Habeas Corpus” instituti haqida nimalarni bilasiz?