Янгиликлар
Millatlararo va dinlararo hamjihatlik – tinchlik va barqarorlik garovi
Diniy tashkilotlarni ro‘yxatga olish hamda ularga rahbarlik qilish, noan’anaviy diniy oqimlar yoyilib ketishining oldini olish, diniy ta’lim tizimini takomillashtirish, shuningdek, diniy adabiyotlarni chop etish va tarqatish kabi diniy hayot barqarorligini ta’minlash bugun har doimgidan ham dolzarb ahamiyat kasb etadi.
Tadbirda adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Q.Ahmadjonov jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot o‘tkazish maqsadlarida har bir nomlanishdagi diniy mazmundagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilishi haqida so‘z yuritdi.
Muloqot qizg‘in baxs-munozaraga boy bo‘lib, amaliyotdagi mavjud muammolar xususida fikr almashildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi