Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

JURNALISTLARGA EHTIROM KO'RSATILDI


Mamlakatimizda demokratik tamoyillarni qaror toptirish, fuqarolarimizning axborot sohasidagi konstitutsiyaviy huquqlarini ta’minlash, dunyoda va mamlakatimizda sodir bo‘layotgan har qanday jarayonlar, voqea-hodisalar haqida tezkor va haqqoniy ma’lumotlarni yetkazishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni beqiyos.
27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda soha xodimlarining faoliyati alohida e’tirof etildi.Tadbirda boshqarma boshlig'i S.Sattarov ommaviy axborot vositalari xodimlari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarish va yangilanish jarayonlarini har tomonlama tahlil qilib, joylardagi ijtimoiy muammolar, xato va kamchiliklarni xolis yoritib kelayotganligi, bu borada davlat idoralari va jamoatchilik e’tiborini muammolarga yechim topishga qaratayotgani, jamiyatda huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini keng ommaga yetkazishdagi faolligi xususida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.

Shundan so'ng sana munosabati bilan bir guruh jurnalistlarga viloyat adliya boshqarmasining tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi