Янгиликлар
27
Din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining uzviy qismidir
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Mirzaobod tuman imom-xatiblari uchun tashkil tashkil etilgan navbatdagi seminarda “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyati xususida so'z bordi.
Tadbirda adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Q. Ahmadjonov jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot o‘tkazish maqsadlarida har bir nomlanishdagi diniy mazmundagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilishi haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga mo‘ljallangan bir turdagi diniy mazmundagi kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish uchun har bir bosma taboq uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi belgilanganligi ta’kidlandi.
Muloqot qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘ldi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi