Янгиликлар
Joriy yilning 25-iyun kuni Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshlig‘i hamda tuman 4-sektori DSI boshlig‘i bilan hamkorlikda tumandagi Matonat MFYda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir”
Joriy yilning 25-iyun kuni Sirdaryo tuman adliya boʻlimi boshlig‘i hamda tuman 4-sektori DSI boshlig‘i bilan hamkorlikda tumandagi Matonat MFYda “Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalqdir” shiori ostida MFY aholisining referendum qonunchiligiga oid huquqiy savodxonligini oshirish mavzusida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasining “Qonun loyihalarining umumxalq muhokamasi toʻgʻrisida”gi, “Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida»gi va Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Tadbirda fuqarolar tomonidan berilgan savollarga ma'sullar tomonidan javob berildi.