Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam!


Konstitusiyamiz umuminsoniy, umumbashariy qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan hujjatdir. Unda xalqimizning barcha haq-huquqlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bugun mamlakatimizda konstitusiyaviy islohotga yana bir qadam tashlandi. Bosh Qonunimizni yanada xalqchil, yanada mustahkam bo‘lishida xalq fikri, talab va istaklari inobatga olinib, shu asosda ayrim o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritib borilishi nazarda tutilgan.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Yangi O‘zbekiston Konstitutsiyasi – mening Konstitutsiyam!" mavzusida O‘zbekiston milliy metrologiya instituti Sirdaryo viloyati filiali xodimlari uchun tashkil etilgan tadbirda mavzu doirasida atroflicha so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, bugungi kunda umumxalq orzusi, istagi, maqsadini ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilgan konstitusiyaviy islohotlarni amalga oshirish g‘oyasi tom ma’noda xalqimiz tomonidan qo‘llab- quvvatlanmoqda. Konstitusiyani takomillashtirish bo‘yicha keng jamoatchilik faolligi sezilib turibdi.
Tadbirda Konstitusiyaviy islohotlarni o‘tkazishning ahamiyati, Konstitusiyaviy komissiya tarkibi, komissiyaning vazifalari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 

Darhaqiqat, davlat kelajagini belgilab beruvchi asosiy huquqiy hujjat - Bosh Qomusimizga takliflar berishda aholining faolligi, jamoatchilikning fikri muhim o‘rin tutadi. Konstitutsiyani yangilashdek strategik vazifani hal etishda jahondagi ilg‘or tajribalarni ham har tomonlama  chuqur o‘rgangan holda, puxta qaror qabul qilinishi lozim.

Muloqot mobaynida sohaga oid qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish, konstitutsiyaviy islohotlar jarayonida faol bo‘lish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.


Xulosa o‘rnida aytganda, bugungi shiddatli davr zamonga mos harakat va o‘zgarishlarni talab etmoqda. Ana shunday talabga  javob beradigan mukammal Konstitutsiyaga ega bo‘lish uchun Asosiy qonunimizning yangi loyihasi tayyorlanishi, albatta, xalqimiz manfaatlariga xizmat qiladi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi