Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Advokatura faoliyati raqamlashtiriladi


Mamlakatimizda sud-huquq tizimining ajralmas bo‘g‘ini hisoblangan advokatura institutini isloh qilish, demokratik prinsiplarga asoslangan kuchli, mustaqil advokatura tizimini barpo etishga alohida va doimiy ravishda e’tibor qaratib kelingan

Advokatura faoliyatida ortiqcha sansalorlik, byurokratiya hamda qog‘ozbozlikka chek qo‘yish, uning faoliyatida sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va boshqa davlat organlari bilan elektron hujjatlar almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida, “Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra ‘2023 yil 1 yanvardan boshlab advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqi uchun litsenziya berish “Litsenziya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi va rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali “yagona darcha” tamoyili asosida faqat elektron tarzda amalga oshiriladi.

Advokatlik tuzilmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va tugatish uchun zarur hujjatlar elektron tarzda O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga kiritiladi.Advokatlik tuzilmasi nomini ro‘yxatdan o‘tkazishda bir xil yoki o‘xshash nomlarning yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumot onlayn tarzda olinadi;

Mazkur normativ hujjat bilan 2023 yil 1 yanvardan fuqarolarga yuridik yordam ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish, advokatura sohasini sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari faoliyati bilan integratsiya qilishni nazarda tutuvchi “Yuridik yordam” axborot tizimini ishga tushirish belgilandi.

“Yuridik yordam” axborot tizimi doirasida advokatlar elektron reyestri va advokatlarning shaxsiy elektron kabineti shakllantiriladi. E’tiborlisi, tizim yordamida advokatning shaxsiy elektron kabineti orqali jismoniy va yuridik shaxslar bilan onlayn muloqot qilish, elektron raqamli imzodan foydalangan holda ishonch bildiruvchi shaxs xohishiga asosan masofadan turib yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida onlayn bitimlar (shartnomalar) tuzish va onlayn yuridik yordam ko‘rsatish imkoniyati yaratiladi.

Bundan tashqari, advokat so‘rovini elektron yuborish va advokat so‘rovi asosida yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

2023 yil 1 fevraldan boshlab advokatlarga maxsus QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi;

Bunda advokatlik tuzilmasi tomonidan ishonch bildiruvchi shaxs bilan tuzilgan barcha shartnomalarning faqat rekvizitlari (shartnoma raqami va uning tuzilgan sanasi) to‘g‘ridan-to‘g‘ri “Yuridik yordam” axborot tizimiga kiritiladi va bu QR-kod qo‘yilgan “Elektron advokatlik orderi”ni olish uchun asos bo‘ladi.

Endilikda davlat hisobidan advokatlarni ishga jalb etish inson omilisiz, elektron tartibda tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Xilola Sulaymanbekova,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘limi yetachi maslahatchisi