Янгиликлар
Madaniyat bo'limida targ'ibot tadbiri o'tkazildi
Yangiyer shahar Adliya bo'limi bosh maslahatchisi A.Noraliyev hamda Yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev tomonidan Madaniyat bo’limida targ'ibot tadbiri o'tkazildi. Unda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 may kungi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risda”gi PQ-261-sonli qarori, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 may kungi “O’zbekiston Respublikasining seysmik xavfizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PF-144-sonli Farmoni hamda O’zbekiston Respublikasining Adliya vazirligida 1995 yil 20 sentyabrda №177-son bilan ro’yxatga olingan “Byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishning maxsus fondi” haqidagi nizomi mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Bundan tashqari, “Byudjet tashkilotlari va muassasalari xodimlarini moddiy rag’batlantirishning maxsus fondi” haqidagi nizom talablarini amaliyotda qo’llash to'g'risida tushuntirishlar berilib, xodimlarni qiziqtirgan savollari bo’yicha atroflicha javoblar berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi