Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Aholining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida Yangiyer shahridagi radiouzel orqali huquqiy eshittirishlar tayyorlanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” gi PF-5618-sonli Farmoni hamda 2021-yil 26-martdagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5040-sonli, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-apreldagi “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 342-son qarorlari ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlarini, yurtimizda huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatini barpo etishda «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan hayotbaxsh g‘oyaning ahamiyatini xalqimizning ongu tafakkuriga yetkazish va bu borada olib borilayotgan muhim ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohalardagi yangilanishlar jarayonida ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning samaradorligini oshirish, xalqimiz, ayniqsa yoshlarni ma’naviy tahdidlardan himoya qilish, ushbu yo‘nalishda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Yangiyer shahar bo‘linmasi hamda shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazining ijtimoiy hamkorligi yo‘lga qo‘yilib, shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti R.Yulchurayev 2022 yil 22 iyun kuni Yangiyer shahar “Ma’naviyat va ma’rifat maskani”da tashkil etilgan “Ma’naviyat” radiotarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 27 may kungi “Muzeylarda xizmatlar sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-261-sonli qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 30 may kungi “O‘zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-144-sonli farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 may kungi “2022-2023 yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yanada yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 259-monli qarori bo‘yicha aholining huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida shahar fuqarolariga huquqiy tushuntirish berdi.

Shuningdek, maskanda “Shukurona” mahallasi fuqarolari o‘rtasida huquqiy savodhonlikni oshirish maqsadida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti Rustam Yulchurayev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasining Yangiyer shahri bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Eshonqulov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi shahar bo‘linmasi xodimlari tomonidan fuqarolarga tushuncha va qiziqtirgan savollariga javob berildi.

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi
Yangiyer shahar bo‘linmasi rahbari A.Abduqodirov

Yangiyer shahar hokimligi Matbuot xizmati