Янгиликлар
“Xonadonbay” targ‘ibot tadbirlari davom ettirilmoqda
Ma’lumki, bugungi kunda mamlakatimizdagi mahallalar kriminogen vaziyati inobatga olinib “qizil”, “sariq” va “yashil” toifalarga ajratilgan.
Mahallalarni yuqoridagi tartibda toifalash esa jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini maqsadli va manzilli tarzda amalga oshirish imkonini beradi.
Ayni kunlarda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “qizil” toifaga kirgan, ya’ni jinoyatlar soni oshgan mahallalarda profilaktik chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlar davom ettirilmoqda.
Guliston shahrida “qizil” toifaga kiritilgan “Navbahor” mahallasida “xonadonbay” targ‘ibot ishlari olib borildi.
Fuqarolar bilan suhbatlar jarayonida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi