Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Adliya aralashuvi bilan AKT bo'yicha xodimning ustama haqi to'lanadigan bo'ldi


Fuqaro B.Esanov 2019-2020 yillar davomida Sardoba tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining Axborot kommunikatsiya texnologiyalar bo‘yicha xodimi lavozimida faoliyat yuritdi.

Biroq maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan xodimga qonunchilikda belgilangan ustamalar to‘lab berilmadi.

Mazkur holatdan norozi bo‘lgan B. Esonov Sardoba tuman adliya bo‘limiga murojat qildi.

Murojaat o‘rganilganda ish beruvchi tomonidan 2019-2020-yillar davomida AKT xodimiga 20 857 006 (yigirma million sakkiz yuz ellik yetti ming olti) so‘m miqdorda qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmaganligi aniqlandi.

Vaholanki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni 7-bandi bandida davlat organlari va boshqa budjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori, xodimning lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda to‘lanishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 154-moddasida ish beruvchi o‘zining moliyaviy holatidan qat’iy nazar, hodimga bajarilgan ish uchun haqini belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq to‘lashga majburligi ko‘rsatilgan.

Yuqoridagilarga asosan, Sardoba tuman adliya bo‘limi tomonidan B.Esanov manfaaatida Oqoltin tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Natijada, da’vo ariza qanoatlantirilib, Sardoba tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan B. Esanovga 20 857 006 (yigirma million sakkiz yuz ellik yetti ming olti) so‘m miqdorda ish haqi undirish yuzasidan hal qiluv qarori chiqarildi.

Ilhom Yunusov,

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Sardoba tuman adliya bo‘limi boshlig‘i