Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

СЎРАГАН ЭДИНГИЗ...


Savol: Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Guliston shahar bo‘limida ishlayman. Qonunchilikda sohamga oid qanday imtiyozlar mavjud?

A. Do‘styarova, Guliston shahri

  Javob: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-iyuldagi PQ-4790-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati to‘g‘risidagi”gi Nizomning 27-bandida Sanitariya-epidemiologiya xizmati va uning tarkibiy tashkilotlari xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, ko‘p yil xizmat qilganligi uchun ustama haqlardan, dam olish va bayram kunlari uchun to‘lovlar, boshqa ustama, qo‘shimcha haqlar va qonunda nazarda tutilgan boshqa to‘lovlardan iborat bo‘ladi.

Sanitariya-epidemiologiya xizmati markaziy apparati xodimlariga budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq muddatli uzluksiz xizmati uchun oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffitsiyentlarda):

3 dan 5 yilgacha — 0,5;

5 dan 10 yilgacha — 0,8;

10 dan 15 yilgacha — 1,0;

15 dan 20 yilgacha — 1,5;

20 yildan ortiq — 1,8.

Uzoq muddatli uzluksiz xizmati uchun oylik ustama olish huquqini beruvchi ish staji Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-son “Sog‘liqni saqlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida Sog‘liqni saqlash vazirligi markaziy apparati va sog‘liqni saqlash hududiy boshqaruv organlari xodimlariga ko‘p yillik ishlaganlik uchun ustama olish huquqini beruvchi ish staji Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tartib asosida amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Savolga Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bosh maslahatchisi To‘lqin Turdibekov javob berdi