Янгиликлар
21
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlarining asosiy vazifalaridan biri yuridik xizmat ko‘rsatiladigan davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish hisoblanadi.
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan Tibbiyot birlashmasida tashkil etilgan huquqiy targ'ibot tadbirida qonunchilikdagi yangiliklar xodimlar etiboriga yetkazildi.
Tadbirda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi “Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini yanada kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-173-sonli qarorining mazmum mohiyati xususida batafsil so'z yuritilib, E-huquqshunos elektron tizimining imkoniyatlari tushuntirildi.
Shuningdek tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Guliston shahar Adliya bo'limi Yuridik xizmat ko'rsatish markazi