Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Сирдарё вилоятида жиноятчиликни олдини олиш, ҳуқуқбузарликларни кескин камайтириш мақсадида Адлия ва ички ишлар бошқармаси ҳамкорлигида манзилли тарғибот тадбирлари ўтказилмоқда


Sirdaryo viloyatida jinoyatchilikni oldini olish, huquqbuzarliklarni keskin kamaytirish maqsadida Adliya va ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida manzilli targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Bunda asosan jinoyatchilik soni oshgan, “qizil” hudud toifasiga kirgan mahallarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Guliston shahridagi 3600 nafar aholi istiqomat qilayotgan Madaniyat mahallasi “qizil” hudud sifatida belgilangan.
Adliya boshqarmasi mas’ullarining ushbu mahalla aholisi bilan bo‘lib o‘tgan muloqoti mobaynida sodir etilgan jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va ularning sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlar keng muhokama qilindi. Huquqbuzarliklar profilaktikasiga oid qonunchilik mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbir xonadonboy targ‘ibot ishlari davom ettirildi. Fuqarolar bilan suhbatlar jarayonida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashishga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Mahalladagi ko‘p kavatli uylarda olib borilgan tushuntirish, targ‘ibot ishlari davomida aholi soyishtaligini ta’minlash borasi amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi, zaruriy profilaktik choralarini yanada kuchaytirish yuzasidan fuqarolarning takliflari tinglandi.
Manzilli targ‘ibot tadbiri Madaniyat mahallasi ahli uchun samarali bo‘ldi. Shu kuni “Siz kelmang, biz o‘zimiz boramiz” aksiyasi doirasida aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko‘rsatildi. Sh.Qahramonova 2-guruh nogironi. 13-yildan buyon shu mahalladagi uylarning birida ijarada yashaydi.

Turmush o‘rtog‘i vafotidan so‘ng 2 nafar farzand tarbiyasi yolg‘iz boshiga qoldi. Farzandlar ancha ulg‘aydi, ishlab ro‘zg‘or tebratay desa, sog‘ligi to‘g‘ri kelmaydi. Yaxshiyamki, o‘g‘il farzandi joniga ora kirdi, hozirda ro‘zg‘or tashvishlari yosh bola zimmasida. Shaxlo opa uy-joy uchun subsidiya olish bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanib, ariza topshirdi.

Tadbir davomida Guliston shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan 10 ga yaqin fuqarolarga sayyor tartibda xizmatlar ko‘rsatildi.


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi