Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Yurt tinchligi mahalladan boshlanadi


Sayxunobod tuman adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi va ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Sayxunobod tumani “Gulbuloq” mahallasi aholisi uchun targ‘ibot tadbiri tashkil qilindi.

Kriminogen vaziyati og‘ir bo‘lgan mazkur mahallada yoshlar, ayniqsa, ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatlarning oqibatlari yoki aybdorlari bilan emas, unga sabab bo‘luvchi omillar orqali kurashish zarurligi tushuntirilib, hududdagi mavjud vaziyat aniq raqamlar bilan ochiqlandi.

Tadbirda, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash, jinoyatga sabab bo‘luvchi har qanday omilni o‘rganish, fuqarolarni qiynayotgan muammolar, oilaviy yoki mol-mulk borasidagi ziddiyatli vaziyatni hal etishda amaliy ko‘mak berish va bular orqali joylarda sog‘lom muhit bo‘lishini ta’minlash zarurligi alohida ta’kidlandi.

Tadbirda ajrim yoqasida turgan oilalarni yarashtirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi, shuningdek, aholini qiynab kelayotgan, kundalik hayotda tez-tez uchraydigan masalalar yuzasidan zarur huquqiy maslahatlar berildi.

Tadbir davomida “Davlat xizmatlari hamma uchun” shiori ostida  farzandini davlat maktabgacha ta’lim muassasiga joylashtirish, sudlanmaganlik (yoki sudlanganlik) to‘g‘risida ma’lumotnomalarni olish uchun ariza yuborish, qurilish-montaj ishlari tugallangan ob’yektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish yuzasidan 10 dan ortiq sayyor xizmatlar ko‘rsatildi.

Bundan tashqari, muloqotda “2022-2023 yillarda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlar mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi