Янгиликлар
Vijdon erkinligi inson ma’naviyatining ajralmas qismidir
Din va e’tiqod masalalari inson ma’naviyatining uzviy qismidir. Mazkur masalalarning mazmun-mohiyati haqida chuqur va asoslangan bilimlarga ega bo‘lish hayotiy-amaliy faoliyatni to‘g‘ri tashkil etishga xizmat qiladi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Sardoba tuman imom-xatiblari uchun tashkil tashkil etilgan navbatdagi seminar “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining “Diniy mazmundagi materiallarni tayyorlash, olib kirish va tarqatish hamda dinshunoslik ekspertizasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratildi.
Tadbirda adliya boshqarmasi Nodavlat notijorat tashkilotlar bo‘limi boshlig‘i Q. Ahmadjonov jismoniy shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun hamda ilmiy-tadqiqot o‘tkazish maqsadlarida har bir nomlanishdagi diniy mazmundagi materialdan uch nusxadan oshmagan miqdorda vakolatli tashkilotlar tomonidan ijobiy xulosa olingandan keyin O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishiga yo‘l qo‘yilishi haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida tayyorlash, olib kirish, tarqatishga mo‘ljallangan bir turdagi diniy mazmundagi kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish uchun har bir bosma taboq uchun bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida to‘lov undirilishi belgilanganligi ta’kidlandi.
Muloqot qizg‘in bahs-munozaraga boy bo‘lib, o‘zaro fikr almashish uchun qulay sharoitni yuzaga keltirdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi