Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti


13-iyun
▪️ Ilk marotaba “Intellektual mulk haftaligi”ga start berildi. Hafta davomida intellektual mulk muhofazasi va himoyasi bilan bog‘liq mavzular, yangiliklar va muammolar hamda ularning yechimi OAV vakillari bilan muhokama qilindi

▪️ Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universitet qoshidagi akademik litseyining bir guruh o‘quvchilari uchun “Ochiq eshiklar” kuni o‘tkazildi

14-iyun
▪️ Adliya vazirligi hamda "O‘zsuvta'minot" AJ o‘zaro hamkorlikda ichimlik suvi bo‘yicha iste'molchilarning eski hisob raqamini kiritish orqali yangi hisob raqamini aniqlash uchun telegram ijtimoiy tarmog‘ida @uzsuvbot ishga tushirildi

▪️ Xotin-qizlar maslahat guruhlarining salohiyatini oshirish boʻyicha treninglar o'z ishini boshladi

15-iyun
▪️ Yana 10 ta DXMda ID-karta olish xizmati yo‘lga qo‘yildi

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasining mintaqaviy vakolatxonasi vakillari bilan uchrashdi (

▪️ Yo‘l harakati qoidalari bo‘yicha onlayn test tanlovi g‘oliblariga sovg‘alar topshirildi. Eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi Murodbek Yusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

16-iyun
▪️ Birinchi xalqaro farmatsevtika forumida intellektual mulk bo‘yicha taqdimot qilindi

▪️ AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva davlat xizmatlari sohasidagi yangiliklar haqida ma'lumot berdi

▪️ Adliya vaziri o‘rinbosari T. Abdusattarov “Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasi”da tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazdi

17-iyun
▪️ “Sud-huquq faoliyatini raqamlashtirishning dolzarb masalalari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi

▪️ Adliya vazirligi tomonidan tug‘ilganlik va nikohni qayd etishda ortiqcha qog‘ozbozlik bartaraf etishga qaratilgan loyiha ishlab chiqildi va jamoatchilik muhokamasiga joylashtirildi
▪️ "Mehnat nizolarini hal qilish masalalari" mavzusida ovozli chat tashkil etildi

▪️Adliya vaziri o‘rinbosari T.Abdusattarov boshchiligida Farg‘ona viloyatining chеkka hududida sayyor uchrashuv o‘tkazildi