Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari hamda yuridik xizmat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnomalar topshirildi


Yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari hamda yuridik xizmat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnomalar topshirildi
Joriy yilning iyun oyida “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlarini martaba darajalari bo‘yicha attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi va “Davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlariga martaba darajalari berish tartibi to‘g‘risida”gi nizomlarga muvofiq taqdim etilgan tegishli hujjatlar asosida davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari Adliya vazirligining tegishli komissiyasi tomonidan attestasiyadan o‘tkazildi.

Attestasiya natijalariga ko‘ra, adliya vazirining “Maxsus unvonlar – martaba darajalari berish haqida”gi buyrug‘i bilan Sirdaryo viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi yuridik bo‘lim boshlig‘i Xolbayev Xayitbay Axmadaliyevichga “2-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasi, Sirdaryo viloyati bo‘yicha g‘aznachilik boshqarmasi bosh yuriskonsulti Normatov Ulug‘bek Kurbanovichga “3-darajali adliya maslahatchisi” maxsus unvon – martaba darajasi berildi.
Shuningdek, Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasining yuridik xizmat xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish bo‘yicha navbatdagi komissiyasi yigʻilishida Sirdaryo viloyat davlat soliq boshqarmasi yuriskonsulti Djurayev Rahmonjon Rahmatlonovich, Bo‘sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Sirdaryo viloyat hududiy boshqarmasi yuriskonsulti Suyarov Muxitdin Xudayqulovich, Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi yuriskonsulti Isakov Davron Berdiyevich, Sirdaryo yo‘llardan muntazam foydalanish davlat korxonasi yuriskonsulti Rustamov Abduqodirov Bo‘tanovichga yuridik xizmat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi guvohnoma olish uchun attestatsiyadan oʻtkazildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan tadbirda yuridik xizmat xodimlariga maxsus unvonlar buyruqlari hamda guvohnomalar topshirildi.

  

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmatlar bo‘limi